Asosiy qismga o'tish

Filmlar, seriallar va multfilmlarni onlayn tomosha qiling

Ikkinchi qavat
  • 10.0

Ba’zan ota-onasini qariyalar uyiga topshirgan farzandlarning o‘z hayoti ham bir-biridan kam bo‘lmagan sir va mojarolarga to‘la bo‘ladi... «Ikkinchi qavat» — mehr va e’tiborga zor keksalar, ulardan yuz o‘girgan farzandlar hamda ularning murakkab taqdirlari haqida hikoya qiluvchi hayotiy serial. Bir tomonda farzandlari mehriga, e’tiboriga va diydoriga zor bo‘lgan keksalar, ikkinchi tomonda esa muhabbat izidan quvayotgan, xiyonat, yolg‘on va oilaviy mojarolar girdobiga tushgan farzandlar... Sevgi uchburchaklari, xiyonat, manfaatparastlik, soxta motivatorlar va odamlar ko‘ziga yaxshi ko‘rinish uchun yaratilgan soxta hayotlar. Har bir qahramonning ortida o‘z hikoyasi, har bir sir ortida esa kutilmagan haqiqat yashiringan. Bu serial sizni bir muhim savol ustida o‘ylashga majbur qiladi: Bugun ota-onasidan yuz o‘girgan inson ertaga o‘z farzandlaridan qanday mehr kutadi?

Sukunat
  • 7.3

Bahorni otasi u hali bolaligida qimorda yutqazib qo‘yadi. Uni yutganlar olib qochib ketishadi va shu tariqa qizaloq yillar davomida dom-daraksiz yo‘qoladi. Oradan yillar o‘tadi. Bahorning tog‘asi singlisiga bergan va’dasi sabab jiyanini izlashdan hech qachon to‘xtamaydi. Nihoyat, tasodifan uning iziga tushadi va jiyanini topadi. Ammo Bahor endi boshqa ism bilan — Rayhon bo‘lib yashayotgan, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan ayolga aylangan edi. Tog‘asi Rayhonning o‘zi izlab yurgan jiyani ekanini uning turmush o‘rtog‘i ruhiy kasalliklar shifoxonasiga kelganida bilib qoladi. Rayhonning eri esa uni shifoxonadan chiqarmaslikka urinadi. Shu bilan birga, u atrofdagilarga o‘zini xotinini juda sevuvchi va unga g‘amxo‘r er sifatida ko‘rsatadi. Tog‘asi jiyanini topganiga yashirincha DNK tekshiruvi orqali ishonch hosil qiladi. So‘ng chet elda malaka oshirayotgan jiyani Ayubni chaqirtirib, unga opasi topilganini aytadi. Endi Rayhonni bu ahvoldan faqat Ayub qutqara oladi. Ammo buning uchun u avvalo yillar davomida yashiringan dahshatli haqiqatni ochishi kerak.

Farz
  • 10.0

Halol va mehnatkash usta umrining eng katta orzusi - Haj ziyoratini ado etish uchun mablag' yig'adi. Biroq taqdir unga kutilmagan sinovlarni ro'baro' qiladi. U moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarni yengib o'tishga harakat qiladi, ammo eng og'ir sinov tuhmat balosi bo'ladi.

Senga muhtojman
  • 6.7

Daryo — ikki farzandi bor mehribon hamshira. Dugonasining xiyonati tufayli u nohaq ayblanib, 8 yilga qamaladi va ozodlikka chiqqach hayoti butunlay o‘zgaradi. Qizining og‘ir kasalligi sabab uni davolatish uchun surrogat ona bo‘lishga majbur bo‘ladi, ammo bu qaror uni yana og‘ir sinovlarga duch keltiradi. Boshidan kechirgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, taqdirning kutilmagan burilishi Daryo hayotida yangi sahifa ochib, unga yana umid bag‘ishlaydi.

Minglab ulangan qurilmalarda filmlar, teleko'rsatuvlar, anime, hujjatli filmlar va boshqalar. O'zingiz xohlagan narsani, xohlagancha, xohlagan vaqtda, reklamasiz, oyiga bitta past, belgilangan narxga tomosha qiling.

Telefon raqam:

+998 (78) 200 59 95

Manzil:

Manzil

Telegram bot:

splaysupport_bot

E-mail:

support@sevimpliplay.tv

Ijtimoiy tarmoqlarda:

Mavjud:

© SPLAY 2020-2026. Barcha huquqlar himoyalangan